Zabihillo O'rinboev gol urgan o'yinlarda "Metallurg" yutqazmadi

Mirjalol Normatov
4 avg 2023, 22:53
Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvning so'nggi soniyalarida mezbonlar hujumchisi Zabihillo O'rinboev namanganliklar darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, bekobodliklar sardori joriy mavsum Superligadagi 4-golini urdi. Qayd etish joiz, joriy yil O'rinboev to'p kiritgan bahslarda jamoasini yutqazmagan.

"Metallurg" chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Uch marta jahon chempionatida ishtirok etgan, Portugaliyadan taklif olgan hamda Yaponiyada farzandli bo'lgan Zabihillo O'rinboev haqida hikoya qilamiz (mutolaa uchun)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia