"Yuventus" rahbariyati Sarrini qo'llab-quvvatlaydi

11 fev 2020, 22:57
"Tuttosport" nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri mavsum yakuniga qadar o'z vazifasida qoladi.

Bugun jamoa rahbariyati bilan uchrashuvda mutaxassis qo'llab-quvvatlangan. "Keksa sinora" prezidenti Andrea Anelli murabbiyga to'liq ishonch bildirishini aytib, undan barcha musobaqalarda maksimal natija kutayotganini o'z fikriga ilova qilgan.

Eslatib o'tamiz, Sarrining iste'fosi haqidaga mish-mishlar "Yuve"ning so'nggi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lib, musobaqa peshqadamligini yo'qotganidan keyin paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport