“Yuventus”ning sentyabr va oktyabrdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
4 noya 2020, 19:15
So'rovnoma natijalariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu va Alvaro Morata ushbu nomga loyiq ko'rildi.

Ronaldu sentyabr, Morata esa oktyabrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu 13 oktyabrda korovirusga chalingani tufayli, karantinga olingan, 1 noyabrda “Speciya”ga (4:1) qarshi o'yinda safga qaytgan holda dublga erishgandi.

Turinliklar bugun YCHL 3-turi doirasida safarda “Ferencvarosh” bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc