"Yuventus"ga Vitsel kerak

Sherzod Nurmatov
13 noya 2021
Turin klubi Aksel Vitsel bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, "keksa sinora" qishda 32 yoshli belgiyalikni xarid qilishni o'ylamoqda. 

Uning "Borussiya" Dortmund bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan. Shu tariqa, xavbek yangi yildan keyin rasman boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqiga ega bo'ladi.

Vitsel 2018 yildan buyon "arilar" sharafini himoya qilib keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato