"Yuventus" zaxirada qolib ketayotgan yana bir futbolchini sotib olmoqchi

Tolibjon Qosimov
12 may 2017, 21:17
Turinning "Yuventus" klubi "Bavariya" yarim himoyachisi Duglas Kostaga da'vogarlik qilmoqda.
Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi. Yaqin kunlarda Italiya klubi vakillari "Bavariya" vakillari bilan uchrashishlari kerak. Bundan maqsad, ijaradagi o'yinchilar Mexdi Benatia va Kingsli Komanlarning vaziyatini muhokama qilish. Ana shu muzokaralar paytida turinliklar Kosta borasida ham suhbat qurishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Corriere dello Sport