“Yuventus” yarim himoyachisi yana jarohatlandi

Eldor Akmurzayev
5 noya 2020, 21:05
Bu haqda turinliklat matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yuve” a'zosi Aaron Remzi yana mushaklarini shikastlab oldi. Manbaga ko'ra, futbolchining o'ng son muskullari lat egan. 10 kundan keyin u yana qayta tekshiruvdan o'tadi.

Taxminlarga ko'ra, uelslik 3 haftani lazaretda o'tkazadi. Shu tufayli, Aaron “Lacio”, “Kalyari” va “Ferencvarosh”ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam berolmasligi aytilmoqda,

Aaron Remzi joriy mavsum klub libosida 6 o'yinda qatnashib, bitta pasni o'z hisobiga yozdirgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru