

Avvalroq turinliklar 15 ochko bilan jarimaga tortilgan va bu Massimiliano Allegri jamoasini kuchli to'rtlikdan o'rtaga olib chiqqandi.
"Ochkolardan mahrum bo'lganimiz bizga ta’sir qildi, buni yashirish befoyda. Biz maydonda bor kuchimizni berishimiz, muxlislarni hurmat qilishimiz kerak, qolgan narsalar bo'yicha hech narsa qila olmaymiz. Biroq biz yanada jipslashdik, bu to'g'ri qadam. Allegri bizga faqat futbolga e'tibor qaratishimizni aytadi va biz aynan shu haqda o'ylashimiz lozim", – dedi Lokatelli.
"Yuventus" 19 turdan keyin 23 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.



