"Yuventus" yaqin vaqtlar ichida ilk transferini e'lon qiladi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2018
"Jenoa" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida transfer rasman e'lon qilinadi. Turin klubi posbon uchun 12 mln evro to'laydi, shuningdek, 3 mln evroni bonus tarzida vada qilgan. 25 yoshli darvozabon "byankoneri"lar bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Yakunlangan mavsumda Perin A Seriyaning 37 uchrashuvida qatnashdi va shularning 11tasida gol o'tkazib yubormadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com