"Yuventus" yanvar oyidayoq Toni Kroosni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Narzulla Saydullayev
25 dek 2016, 21:47
"Real" futbolchisi Toni Kroos yaqin orada "Yuventus" a'zosiga aylanishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, turinliklar 26 yoshli futbolchi uchun qishdayoq 60 million evro to'lashga tayyorlar. Agar ushbu transfer amalga oshmasa, klub PSJdan Marko Veratti va "Barselona" a'zosi Ivan Rakitichlarni zaxira varianti sifatida ko'rmoqdalar.