"Yuventus" yangi o'yinchisini ijaraga berib yubordi

Alisher
20 avg 2019
"Kalyari" "Yuventus" himoyachisi Luka Pellegrinini ijaraga oldi.

20 yoshli o'yinchining ijarasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Pellegrini o'tgan mavsumni ham "Kalyari"da ijarada o'tkazgan va u bu o'yinlarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

"Yuventus" iyul oyi boshida italiyalik himoyachini "Roma"dan 22 million evro evaziga sotib olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/CagliariCalcio