“Yuventus” Van Deykning transferiga 180 million evro sarflamoqchi

Eldor Akmurzayev
2 fev 2020, 13:40
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Italiya chempionati bilan bog'lashi mumkin, deya xabar beradi “The Sun”.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga “Yuventus” qiziqmoqda va turinliklar uni yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda. Rahbariyat van Deyk xaridi uchun 150 mln. funt (taxminan 180 mln. yevro) taklif qilish niyatida.

Virjil 2018 yilning yanvarida “Sautgempton”dan mersisaydliklar safiga kelib qo'shilgandi. U “qizillar” bilan 3ta titul (YCHL, Klublar o'rtasidagi JCH, UEFA Superkubogi) yutishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun