"Yuventus" va "Valensiya" Jekoga qiziqmoqda, "Inter" futbolchini tekinga qo'yib yuborishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2022, 07:49
Hujumchi Edin Jeko mavsum boshlanguniga qadar jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "Inter" bosniyalik hujumchini bepul qo'yib yuborishi mumkin. 

36 yoshli futbolchiga "Valensiya" va "Yuventus" tomonidan qiziqish bor. 

"Yuve" bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga Jekoning o'yinlari yoqadi. 

"Roma"dan "Inter"ga o'tgan Jeko milanliklar safida bitta mavsum o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia