"Yuventus" va "Manchester Yunayted" futbolchi almashishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2018, 15:09
"Yuventus" va "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida futbolchilarni almashishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora"ning asosiy maqsadlaridan biri "qizil iblislar" himoyachisi Matteo Darmian. "Yuventus" italiyalikning ikkala qanotda o'ynay olishi tufayli, uni xarid qilmoqchi.

"Manchester Yunayted" esa Mario Manjukichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shunday qilib, klublar yaqin vaqt ichida futbolchi almashishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia