"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi endi jurnalist

Alisher
21 noya 2019, 17:56
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Klaudio Markizio jurnalistlik faoliyatini boshladi.

U bundan buyog'iga Turindagi Corriere della Sera gazetasida ishlaydi.

U allaqachon o'zining ilk maqolasini ham yozdi. Maqola o'tgan yil noyabr oyida Keniyadan o'g'irlab ketilgan ishchi Silviya Romanoga bag'ishlangan.

Eslatib o'tamiz, Klaudio Markizio o'tgan oyda butsasini mixga ilgan edi. Uning so'nggi klubi Rossiyaning "Zenit" klubi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere della Sera