"Yuventus" va "Borussiya" Germaniya terma jamoasi forvardi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
27 iyul 2022, 10:20
Nemis hujumchisi Timo Verner ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 26 yoshli o'yinchi uchun "Yuventus", "Borussiya" (Dortmund) va "Nyukasl" da'vogarlik qilmoqda.

"Chelsi" esa 40 million evro to'lansa, Timo bilan xayrlashishga tayyor.

Forvard o'tgan mavsum "aristokratlar" safida 37ta o'yinda 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira