

24 yoshli argentinalik uchun "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda.
Turin klubi o'yinchi uchun 25-30 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Oldinroq, Molinaga "Atletiko" tomonidan qiziqish bo'layotgani xabar qilingan edi.
Molina o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.



