“Yuventus” titul homiysi bilan yangi shartnoma tuzadi

9 sen 2019, 08:15
“Yuventus” rahbariyati ayni damdagi homiy bilan aloqalarni saqlab qolish niyatida.

Turin klubi rahbariyati jamoaning titul homiysi bo'lgan Jeep kompaniyasi bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Qayd etilishicha, agar tomonlar kelishuvga erishsa, “Yuve” kompaniyadan yiliga 50 mln evro oladi.

Eslatib o'tamiz, turinliklar yaqindagina texnik homiy - Adidas bilan shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport