"Yuventus" Sandroni sotib, o'rniga Marseloni olib kelmoqchi

Eldor Akmurzayev
9 apr 2019, 22:53
Yuventus himoyachisi Aleks Sandro PSJga o'tishga yaqin turibdi. AS'ning ma'lum qilishicha, tomonlar muzokarlarni boshlab yuborgan.

Agar braziliyalik futbolchi turinliklarni tark etadigan bo'lsa, u holda klub mutasaddilari Realdan Marseloni xarid qilmoqchi. Avvalroq, u Italiya chempioni tarkibiga kelib qo'shilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Zayniddin Zidan qirollik klubi murabbiyliga qayta tayinlanganidan so'ng, Marselo Ispaniyada qolishni xohlayotgani aytilmoqda.

O'z navbatida, Yuventus madridliklarning himoyachisi bilan kelisha olmasa, Benfika a'zosi Alexandro Grimaldoning nomzodini ham ko'rib chiqishga tayyor bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS