"Yuventus" "Real”ning maqsadini o'zida saqlab qolmoqchi

Alisher Ostonov
13 dek 2025, 17:21
"Yuventus" Kenan Yildiz bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, Turin grandi futbolchi bilan kelisha olishiga ishonmoqda. Avvalroq Yildiz moliyaviy ahvolini yaxshilash niyatida ekani xabar qilingandi. Vinger har mavsumda 6-7 mln evro maosh olmoqchi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, turkiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni "Real”, "Arsenal”, "Chelsi" va boshqa klublar diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Kenan Yildiz "Yuventus" safida A Seriyada 75 ta o'yin o'tkazgan. Ularda vinger "gol+pas" tizimi bo'yicha "14+9"ni aktivga ega.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: calciomercato.com