"Yuventus" rahbariyatida o'zgarish bo'ladi

Mirjalol Normatov
17 okt 2025
Turin klubi bu borada rasmiy ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, 2022 yildan buyon klubda bosh direktor sifatida ishlab kelgan Mauricio Skanavino o'z ish joyini tark etadi.

"Uch yil oldin bunday katta mas'uliyatli ishni bo'ynimga olgandim. Maqsad aniq edi: o'rnimizdan turib, iqtisodiy va sport tomonlama raqobatbardosh bo'lib, yo'lda davom etish.

Rahbariyat, klub egalarining qo'llab-quvvatlovi, ko'plab iqtidorli insonlar evaziga biz katta qiyinchiliklar, muammolarni bartaraf qildik. Bu onlarni unutmayman.

"Yuventus"ning kelajagiga katta ishonch bilan qarayman: ishonaman, klubning hali muhim sahifalari endi ochiladi", - dedi Skanavino.

Uning o'rnini yozda klubga bosh menejer sifatida ishga kelgan Damen Komolli egallaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: juventus.com