

Footbal Italia nashrining xabariga ko'ra, Anelli muxlislar guruhlari bilan noqonuniy chiptalar savdosiga aloqador bo'lgan. Funkcioner bir yilga diskvalifikaciya qilingan bo'lsa, “Yuventus” 300 000 evro miqdoridagi jarimaga tortildi.
Ma'lumotlarga qaraganda, bu ish yuzasidan tergov olib borgan prokuror suddan Anellini 2,5 yilga futboldan chetlatish hamda 50 000 evro jarimaga tortish kerakligini talab qilgan.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Anelli Yevropa klublar Assotsiatsiyasi prezidenti etib saylangandi. U bu lavozimda Karl-Xaync Rummeniggeni almashtirgandi.



