Yuventus Podolski va Shakiri bilan muzokara olib bormoqda

Narzulla Saydullayev
23 avg 2014, 15:40
Yuventus transfer oynasi oxiriga qadar hujumni kuchaytirmoqchi, deb xabar bermoqda Sky Italia jurnalisti Janluka Di Marcio.
Turinliklar Bavariya bilan Jyerdan Shakirining o'tishi borasida muzokara o'tkazishmoqda. Germaniya klubi futbolchisini 20 million evro evaziga sotishi mumkin. Biroq Yuventus uni ijaraga olib keyingi yil sotib olmoqchi.

Turinliklar Arsenal yarim himoyachisi Lukas Podolskiga ham e'tibor qaratishdi. Dushanba kuni klub rahbariyati kanonirlar futbolchining vakillari bilan uchrashadi.

Eslatib o'tamiz, Arsenal Podolski uchun 12 million evro so'ramoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru