"Yuventus" Pirloga ultimatum qo'ydi

Alisher
1 apr 2021, 18:47
Turinning "Yuventus" klubi rahbarlari jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirloga ultimatum qo'yishdi.

Agar jamoa Italiya chempionati doirasidagi yaqin ikki o'yinda omadsiz natija qayd etsa, mutaxassis iste'foga chiqariladi. "Keksa sinora" keyingi ikki o'yinni "Torino" va "Napoli"ga qarshi o'tkazadi.

"Yuventus" omadsiz mavsum o'tkazmoqda. Jamoa CHL 1/8 finalidayoq "Portu"ga imkoniyatni boy berib turnirni tark etdi.

"Keksa sinora" A Seriyada ham "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport