"Yuventus" Perin o'rniga Shomurodovni so'ramoqda

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021
"Calciomercato" nashri "Yuventus" va "Jenoa" klublarining muzokaralari borasida ma'lumotlarni taqdim qildi.

"Yuventus"ning ikki nafar futbolchisi Nikolo Rovella hamda Mattia Perin genuyaliklar tarkibida ijara asosida o'ynadi va tomonlar shartnomani uzaytirish borasida gaplashib ko'rishgan. Turin klubi esa Mattia Perinni "Jenoa"ga to'liqligicha berib yuborishi uchun Eldor Shomurodovni so'ragan. Rovella esa katta ehtimol bilan yangi mavsumda "Yuventus" sharafini himoya qilishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Shomurodov A Seriyada 31 o'yinda 8 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato