

Shu tariqa Turin superklubi 2013-2014 yilgi mavsumdagi rekordini takrorladi. Bu galgi g'alabali seriya 2015 yilning 4 oktyabrida “Bolonya”ni (3:1) mag'lub etish bilan boshlangandi. Milliy chempionatdagi 25 ta g'alabaga erishish uchun “Yuve” raqiblari darvozasiga 59 ta gol kiritdi. O'z darvozasidan esa atigi 9 ta gol o'tkazib yubordi.




