"Yuventus" Osimxenni sotib olmoqchi va "Napoli" bilan kelishuvga Gattini qo'shishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025, 19:45
"Yuventus"ga Turkiyada o'ynayotgan hujumchi Viktor Osimxen qiziqmoqda.

Tuttosport xabariga ko'ra, "Yuventus" "Napoli"ning "Galatasaray"da ijara asosida o'ynayotgan hujumchisini sotib olmoqchi va kelishuvga Federiko Gattini qo'shishi mumkin. Gattiga neapolliklar va murabbiy Antonio Konte qiziqmoqda.  

Eslatib o'tamiz, Osimxen "Napoli" rejalariga kirmagan edi. Hujumchi "Galatasaray" safida Turkiya chempionatining 22 ta o'yinida maydonga tushib, 20 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport