"Yuventus" Neapoldagi o'yindan oldin Iguain uchun qo'shimcha tansoqchi yolladi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 15:49
"Yuventus" "Napoli"ga qarshi A Seriyaning 30-tur uchrashuvidan oldin hujumchi Gonsalo Iguain uchun qo'shimcha tansoqi yolladi.

29 yoshli hujumchisi 90 mln. evro evaziga Turin klubiga o'tganidan so'ng ilk marotaba Neapolga qaytmoqda.

"Yuventus" qo'shimcha tansoqchilar yolladi. Endi "keksa sinora" to'xtagan mehmonxonaning har bir qavatida kamida ikki kishi qo'riqchilik qiladi. Klub mehmonxonadagi 80 ta nomyerdan 60 tasini ijaraga oldi.

"Napoli" - "Yuventus" uchrashuvi 2 aprel kuni Neapoldagi "San-Paolo" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport