"Yuventus" “Metc”ning 17 yoshli futbolchisi Bnu Marzukni sotib oldi

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2013, 17:40
Marokash o'smirlar terma jamoasi va “Metc” klubi 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Yunus Bnu Marzuk o'z faoliyatini turinning “Yuventus” klubida davom ettiradi.
Francuz ommaviy axborot vositalarining xabariga ko'ra, futbolchi 3+1 yillik shartnoma imzolagan. Yangi klubida Bnu Marzuk 57 raqamda o'ynaydi.

Ma'lumot o'rnida, Bnu Marzuk Afrika millatlar ko'bogida besh o'yinda to'rt bor to'p kiritib turnirning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com