"Yuventus" "Manchester Yunayted"ning yosh futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
10 yanv 2020, 14:46
"Yuventus" tarkibini yosh futbolchilar bilan to'ldirishni davom ettiradi.

Turinliklar "Manchester Yunayted" vingeri Taxit Chong bilan shartnoma imzolashmoqchi.

"Yuventus" tez orada Chong borasida rasmiy taklif bilan chiqadi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning transfer narxi 7 million evroni tashkil etadi.

21 yoshli Chong "Feyenoord" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U MYUga 2016 yildan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport