"Yuventus" Kulusevskini sotish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 13:38
"Yuventus" tez orada futbolchini sotishi mumkin.

Taniqli insayder Nikolo Skira tafsilotlarni aytib berdi.

Deyan Kulusevski o'tgan yilning yanvar oyida "Yuventus"ni tark etgandi. Shvetsiyalik futbolchi o'shanda "Tottenxem"ga ijaraga berilgan.

Kelishuv doirasida londonliklar 23 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Italiya matbuotiga ko'ra, bu bandni faollashtirish 35 million evroni tashkil qiladi.

Manbaning takidlashicha, "shporlar" rahbariyati bunchalik ko'p pul sarflashni rejalashtirmayapti. Angliyaliklar Kulusevskini atigi 20 million evroga sotib olishga tayyor.

O'z navbatida, turinliklar vingerni 30 million evrodan kamiga sotish niyatida emas. Yaqin orada har ikki klub vakillari bu borada qo'shimcha muzokaralar olib borishadi.

Kulusevski joriy mavsum "Tottenxem" libosida safida 37 ta o'yinda harakat qilib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira