

Turinliklar kolumbiyalik futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi. Kelishuvning boshqa tomonlari oshkor qilinmayapti. Futbolchi Yuventusda tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi.
Chelsi ham Kuadradonig ijarasini tasdiqladi. Oldinroq yarim himoyachi Italiyada Fiorentina va Udineze klublarida o'ynagan.



