"Yuventus" Janubiy Koreya chempionati yulduzlariga qarshi o'ynaydi

Alisher
19 iyun 2019, 15:21
Turinning "Yuventus" klubi Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi.

"Yuventus"ga qarshi K-League ning eng kuchli o'yinchilari to'p suradi. Shu o'rinda "keksa sinora" ham asosiy tarkib futbolchilari bilan birgalikda Krishtianu Ronalduni ham maydonga tushirishmoqchi. Qayd etish kerakki, ushbu o'yinda Aliboev ham maydonga tushish imkoniyati yo'q emas.

Portugaliyalik bungacha 2007 yilda "Manchester Yunayted" bilan Janubiy Koreyaga tashrif buyurgan. O'shanda "qizil iblislar" hozirda terma jamoamiz yarim himoyachisi Ikrom Aliboev to'p suradigan "Seul" klubini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va o'sha o'yinda Ronaldu o'z hisobiga 1ta gol va 2ta assistni yozdirib qo'ygan.

Klubning bu davlatga qilgan birinchi tashrifi esa 1996 yilda bo'lgan va o'shanda Seul shahrida Janubiya Koreya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini tashkil etilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Yonhap News Agency