“Yuventus” Ikardiga katta miqdordagi maosh taklif qildi

1 may 2019, 08:52
Mauro Ikardi yozgi transferlar vaqtida “Inter”ni tark etib, “Yuventus”ga o'tishi mumkin.

Turin klubi futbolchiga yillik maoshi 8,5 mln evroga teng shartnoma taklif qilmoqda. Shuningdek, Ikardi 3 mln evrogachaga bonusga ega bo'lishi mumkin. Avvalroq Ikardiga PSJ, “Atletiko” va “Napoli”dan qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Neapolliklar hatto futbolchiga yiliga 9 mln evro maosh ham taklif qilgan.

Joriy mavsum 33 ta o'yinda qatnashgan 26 yoshli hujumchi 16 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb