"Yuventus" Gvardiola bilan kelishib oldimi?!

Tolibjon Qosimov
9 mar 2019
Italiyadagi manbaning keltirishicha, "Yuventus" klubi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan kelishuvga erishgan.

"Menga ma'lum bo'lishicha, Pep Gvardiola "Yuventus" bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'lgan. Bu ma'lumot paytida Ronalduning "Yuve"ga o'tishini aytgan manbadan olindi", - dedi "Il Giornale" jurnalisti Luiji Guelpa "Radio CRC" efirida.

Oldinroq, "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunlangach lavozimini tark etishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Radio CRC