"Yuventus" futbolchisiga bir necha A Seriya klublari qiziqish bildirmoqda

Alisher
27 apr 2020, 11:20
"Milan", "Roma" va "Napoli" "Yuventus" o'yinchisi Daniele Ruganiga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi ortiq turinliklarning rejalariga kirmayapti. Oldinroq futbolchiga "Fiorentina" va "Zenit" klublari qiziqayotganligi borasida xabarlar yangragan edi.

25 yoshli Rugani 2015 yilda "Empoli"dan 5 million evro evaziga xarid qilingan edi. Futbolchi joriy mavsumda 7ta o'yinda maydonga tushdi.

O'yinchining "Yuve" bilan tuzgan shartnomais 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Rugani A Seriyada koronavirus aniqlangan ilk futbolchi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere di Torino