"Yuventus" "Everton" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher Ostonov
2 yanv 2023, 13:00
"Yuventus" "Everton" yarim himoyachisi Abdulay Dukure bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Transfer yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin.

Dukure "Everton"ga 2020 yilda kelgan. 30 yoshli malilikning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.

Dukure joriy mavsum Mersisayd klubi tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Calciomercato