Yuventus YCHLda 621 daqiqadan buyon gol o'tkazmayapti, pley-off rekordigacha bitta o'yin qoldi

Narzulla Saydullayev
4 may 2017, 09:20
Yuventus YCHL yarim finalida Monakodan ustun keldi (2:0).

Turin klubi YCHL doirasida 6ta o'yindan buyon gol o'tkazmayapti, ulardan beshtasi pley-offda kuzatildi.

So'nggi bor Yuventus guruh bosqichi 5-turida Sevilyaga qarshi o'yinda (3:1) gol o'tkazgandi. Yuventusning YCHLdagi quruq seriyasi 621 daqiqaga etdi.

Bu o'yinlarda faqat bir bor Yuve zaxira posboni Neto maydonga tushdi, qolgan barcha uchrashuvlarda Janluiji Buffon darvozani qo'riqlagan.

Turinliklar YCHL pley-off bosqichida ketma-ket 5ta quruq o'yin o'tkazgan uchinchi klubga aylanishdi. Bunday natijaga oldin Milan 2004/05 yilda va Arsenal 2005/06 yilda erishishgandi. London klubi 6ta o'yinda gol o'tkazmay rekord qayd etgan.

Qizig'i yuqoridagi ikkala klub ham o'sha yil finalga chiqib yutqazib qo'yishgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: squawka.com