"Yuventus" direktori Ronaldu transferi haqida izoh berishni istamadi
Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 12:35
"Yuventus" bosh direktori Beppe Marotta "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Turin klubiga o'tishi haqida izoh berishni istamadi.
"Izohlarsiz" - deb kulib qo'ydi Marotta Ronaldu haqidagi savolga.
Oldinroq, "Yuventus" Ronaldu uchun 100 mln. evro to'lab, mavsumiy maoshi 100 mln. evro bo'lgan 4 yillik bitim taklif qilishgan. Futbolchi Turinda uy qidirishni boshladi.