"Yuventus" Di Mariya bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
"Yuventus" PSJ hujumchisi Anxel Di Mariya bilan muzokaralarni boshladi.

30 iyun kuni erkin agentga aylanadigan 34 yoshli argentinalik xavbek hafta yakuniga qadar o'z javobini aytishini ma'lum qilgan.

Di Mariya Turin klubi bilan bir yillik shartnoma imzolamoqchi. Biroq "Yuve" futbolchiga bilan bir necha yillik shartnoma tayyorlamoqda.

Yakunlangan mavsumda Di Mariya PSJ tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 5 gol va 9 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal