"Yuventus" De Shiloni "Lion"ga ijaraga berdi

5 okt 2020, 20:40
"Yuventus" himoyachisi Mattia De Shilo faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

27 yoshli italiyalik futbolchi bir yil ijara asosida "Lion"da to'p tepadi.

Get French Football News nashri xabarisha ko'ra, mazkur bitim "Lion" ustozi Rudi Garsiyaning iltimosiga binoan amalga oshirilgan. U jamoa rahbariyatida mudofaaning har ikki qanotida o'ynay oladigan fulbek olib kelishni so'ragan.

De Shilo Italiya chempionatining o'tgan mavsumida 9 ta o'yin o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Get French Football News