Yuventus Barselonaning Dibala borasidagi taklifini rad etdi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2017, 20:00
Yuventus Paulu Dibalani Barselonaga sotmoqchi emas.

Ma'lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqqanlar. Biroq, rad javobini olishga ham ulgurganlar.

"Yuve" futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Ayni paytda klub rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Eslatib o'tamiz, bugun ertalab Dibala "Real"ga o'tishni istashi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: abola.pt