

Taniqli insayder Fabricio Romanoning tasdiqlashicha, "Marsel" va "Yuventus" Arkadiush Milik transferini rasman hal qilishdi. Futbolchi "Yuventus"ning to'laqonli a'zosiga aylandi. Milik o'tgan mavsumni "Yuve" safida ijarada o'tkazgandi.
Transfer summasi 6 mln evro, yana bir million evro bonuslar bor.



