"Yuventus" Allegrini ishdan bo'shatmaydi

Оқил Абдубарноев
18 mar 2022, 19:05
"Yuventus" Chempionlar ligasidan chetlatilganidan keyin murabbiylar shtabining bir qismini o'zgartirishi mumkin.

Klub rahbariyati mavsum yakunida Massimiliano Allegri murabbiylar shtabining ayrim a'zolarini almashtirishi mumkin.

Shu bilan birga, "byankoneri" Allegrini istefoga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Avvalroq "Yuventus" Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida musobaqani tark etgandi. A Seriyada esa klub 4-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia