“Yuventus” 959 daqiqa gol o'tkazmadi, bu A Seriya tarixidagi ikkinchi natija

Aslanov Jasurbek
1 apr 2018, 09:04
Turinning “Yuventus” klubi Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Milan”ni mag'lub (3:1) etdi.

“Rossonerilar” himoyachisi Leonardo Bonuchchining sobiq jamoasiga urgan goli “Yuventus”ning quruq seriyasiga chek qo'ydi. Turinliklar o'z darvozalaridan chempionat bahslarida 959 daqiqadan beri gol o'tkazmay kelishayotgandi.

Bu A Seriya tarixidagi ikkinchi natija hisoblanadi. Bundan avvalgi rekord ham aynan “Yuventus”ga tegishli edi. Turinliklar 2016 yilning boshida o'z darvozalari daxlsizligini 974 daqiqa saqlab turishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif