“Yuve” safiga braziliyalik futbolchi qo'shildi

11 apr 2019, 21:43
“Flamengo” futbolchisi faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

“Flamengo” himoyachisi Vesli Turin superklubi safini to'ldirdi. Braziliyalik futbolchi o'zining Instagram sahifasida “Yuventus”ga o'tganligini ma'lum qildi.

Mashhur agent Mino Rayolaning mijozi hisoblanadigan Vesli erkin agent sifatida Italiya jamoasi bilan shartnoma tuzdi.

O'ng qanot himoyachisi o'tgan yilning may oyidan buyon maydonga tushgani yo'q. U “Flamingo” rahbariyati bilan kelisholmay qolgach, murabbiylar uni tarkibga kiritmay qo'yishgan.

19 yoshli himoyachi Braziliya termasi safida 2017 yilda o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan Janubiy Amerika kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.ua