

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, turinliklar futbolchi bilan shartnoma bekor qilinayotgani sababli 2,5 mln evroni forvard hisobiga o'tkazib beradi.
Keyinchalik "Inter Mayami" futbolchi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Oldinroq futbolchining agenti "Yuve" bilan shartnomani bekor qilish uchun Turinga yetib borgani haqida ma'lumotlar tarqagandi.



