"Yuve" futbolchisi "Tottenxem"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 11:11
"Tottenxem" "Yuventus" yarim himoyachisini tarkibiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Deyan Kulusevskining ijarasidan tashqari klub Rodrigo Bentankurni sotib olishga yaqin turibdi. Oldinroq ushbu futbolchiga "Aston Villa" ham davogarlik qilayotgandi.

24 yoshli futbolchining transferi "Tottenxem"ga  19 mln evroga tushadi. Shuningdek, yana 5 million evro bonuslar tarzida vada qilinadi.

Ushbu mavsumda Bentankur A Seriyaning 19 o'yinida qatnashib, 2 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal