Yusuf Yaziji Rivaldoning natijasini takrorladi

6 noya 2020, 08:40
“Lill” Yevropa Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida “Milan”ni safarda 3:0 hisobida taslim etdi.

Francuz jamoasining uchala goliga ham Yusuf Yaziji mualliflik qildi. Qayd etilishicha, Yusuf Rivaldodan so'ng “Milan”ga barcha musobaqalar doirasida safarda 3 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Rivaldo 2000 yil oktyabrida “Barselona” safida YCHL doirasida “Milan”ga safardagi o'yinda 3 ta gol urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta