Yuriy Lukin: "Biz maydon egalariga nisbatan yaxshiroq harakat qildik"

5 avg 2013, 00:28
Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbiylari jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bugun biz ikki xil bo'limlarni ko'rdik. Birinchi bo'limda maydon egalari ancha yaxshi harakat qilishgan bo'lsa Ikkinchi bo'limda ko'rib turganizdek biz maydon egalariga nisbatan yaxshiroq harakat qildik. Ayniqsa o'yin oxirida ancha kuchli o'yin ko'rsatdik. Menimcha bizga tajriba va omad yetishmadi deb o'ylayman".
 
- Birinchi davrada "Qizilqum"ni tarkib bilan bugungi o'yindagi tarkib bilan tubdan farq qilganini ko'rdik.
- Ha, Zarafshondagi stadion rekonstruksiya qilinayotgani sababli "Qizilqum" ikkinchi davrani Navoiy shahrida o'tkazishi aniq bo'ldi. "Zarafshon PFK" jamoasidan bir nechta o'yinchi esa "Qizilqum" safiga kelib qo'shildi. Tarkib esa deyarli yangilandi.

 - Rahbariyat klub oldiga qanaqa vazifa qo'ydi?
- Yaqinda klub rahbariyatlari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi va unda "Qizilqum" jamoasini oliy ligada olib qolish choralarini ko'rish, iloji boricha yuqoriroq o'rinlar uchun kurashish vazifasi qo'yildi va bu vazifalar meni zimmamga yuklatildi.

- Ikkinchi davra uchun "zayavka" berish muddati 10 avgust kuni tugaydi. Shu vaqt davomida Qizilqum tarkibida yangi o'yinchilarni ko'rishimiz mumkinmi?
- Ha albatta yana tajribaliroq o'yinchilar bilan tarkibni kuchaytirmoqchimiz, lekin hozircha Zafar To'raevni kelishi aniq bo'lib ulgurgan. Faqat Zafarda tibbiy ko'rikda muammolar borligi sababli bugun maydonga tushmadi.

- Endi "Qizilqum" uy uchrashuvlarini qachongacha Navoiy shahrida  o'tkazadi?
- Buni rahbariyat hal qiladi, lekin menimcha Zarafshondagi stadion to'liq rekonstruksiyada chiqqanidan so'ng "Qizilqum" yana uy uchrashuvlarini Zarafshon shahrida qabul qilaveradi.

Manba: championat.asia