Yurgen Klopp: Men bitta futbolchi uchun 100 million to'lamagan bo'lardim

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2016, 12:15
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yuventus yarim himoyachisi Pol Pogbaning Manchester Yunaytedga 110 million evro evaziga o'tayotganiga o'z munosabatini bildirdi.

Agar siz 100 millionga futbolchi sotib olsangiz va u jarohat olsa, bu pullar havoga uchadi, sababi futbol – jamoaviy sport turi. Barcha kuchli futbolchilarni sotib olishni istaydi, ammo asosiysi jamoa tuzish kerak.

Men buncha pulni bir futbolchi uchun to'lamasdim, buncha pulni boshqacha usulda ishlatgan bo'lardim, - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Four-Four-Two